Maykl Jekson hayoti haqidagi biografik filmning davomi suratga olinadi
Afsonaviy xonanda Maykl Jekson xotirasiga bag'ishlangan «Maykl» biografik filmining ikkinchi qismi ustida ish boshlangani e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Loyiha rejissyori Antuan Fukua ish jadvalidagi bandlik sababli suratga olish jarayonlari 2026 yoki 2027 yilda boshlanishi kutilmoqda. Kinokartinaning yangi qismi pop-musiqa qiroli hayotining keyingi davrlarini qamrab oladi va birinchi filmdagi voqealar rivojini davom ettiradi.
Hozircha bo'lajak filmning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmadi. Bosh rolni xonandaning jiyani Jafar Jekson ijro etgan ilk qism 22 aprel kuni katta ekranlarga chiqqan edi.
Mazkur kartina turli tahliliy bahslar va tanqidlarga uchragan bo'lsa-da, tijoriy jihatdan katta muvaffaqiyatga erishdi. Film jahon prokatida 217 mln dollar daromad to'plab, musiqiy bayopiklar yo'nalishida rekord natijani qayd etdi.
Loyiha ustida uch karra «Oskar» mukofoti nomzodi Jon Logan ssenariy muallifi sifatida mehnat qilgan. Aktyorlar tarkibidan Kolman Domingo, Nia Long, Mayls Teller va Lora Harriyer kabi ijrochilar o'rin olgan.
Hozirda ushbu kinokartina O'zbekiston kinoteatrlarida ham namoyish etilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0