Epshteyn ishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar va maxfiy maktub oshkor bo‘ldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Epshteyn ishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar va maxfiy maktub oshkor bo‘ldiJeffri Epshteyn ishi bo'yicha yangi ma'lumotlar e'lon qilindi

AQShda jinsiy jinoyatlarda ayblangan moliyachi Jeffri Epshteyn o'limi bilan bog'liq kutilmagan tafsilotlar yuzaga chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning sobiq kameradoshi Nikolas Tartalone moliyachi tomonidan yozilgani taxmin qilinayotgan maktub mazmuni haqida gapirib berdi. Bu haqda The New York Times nashri xabar tarqatdi.

Tartalonening so'zlariga ko'ra, u mazkur yozuvni 2019 yil iyul oyida, Epshteyn hali hayot bo'lgan vaqtda topgan. O'sha paytda Epshteyn qamoqxonada bo'ynidagi shubhali jarohatlar bilan hushsiz holda topilgan, so'ngra nazorat kuchaytirilgan boshqa bo'limga o'tkazilgan edi.

Tartalone maktubni Epshteyndan qolgan kitoblar orasidan, sariq qog'oz parchasiga yozilgan holatda topganini tushuntirdi. Maktubda tergovchilar bir necha oy davomida Epshteyn faoliyatini o'rgangan bo'lsa-da, ayblovlar bo'yicha hech qanday dalil topilmagani qayd etilgan.

Shuningdek, yozuvda "Ular mendan nima kutyapti — yig'laymi? Vaqt keldi, xayrlashaman" degan jumlalar bo'lgan.

Dastlab Epshteyn o'z jarohatlarida Tartaloneni ayblagan bo'lsa, keyinchalik bu fikridan qaytgan. Tartalone ushbu maktubni o'zini himoya qilish maqsadida advokatlariga topshirgan.

Federal sud tomonidan maxfiylashtirilgan ushbu hujjat qo'l yozuvi ekspertlari ishtirokida o'rganilgan. Advokatlar maktubning haqiqiyligini ta'kidlasa-da, tahlilchilar bu yangi ma'lumotlar Epshteyn o'limi atrofidagi bahslarni yanada kuchaytirishini qayd etmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish