AQSh Isroilga bir sutkada 6 500 tonna harbiy yuk yetkazdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

AQSh Isroilga bir sutkada 6 500 tonna harbiy yuk yetkazdiAQSh Isroilga bir sutka ichida 6 500 tonna harbiy yuk yetkazdi

AQSh Isroilga qisqa vaqt ichida yirik hajmdagi harbiy ko'mak yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jerusalem Post nashrining xabar berishicha, AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan logistika operatsiyasi doirasida atigi bir kun ichida 6 500 tonna yuk manzilga yetkazilgan. Harbiy ta'minot Ashdod va Hayfa portlariga ikkita yirik kema orqali tushirilgan.

Yetkazib berilgan yuklar tarkibidan aviatsiya va quruqlikdagi bo'linmalar uchun mo'ljallangan o'q-dorilar, harbiy yuk mashinalari hamda maxsus taktik transport vositalari o'rin olgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Eron bilan qurolli konflikt boshlangandan buyon Isroil jami 115 600 tonna harbiy texnika va qurol-yarog' qabul qilib olgan.

Isroil mudofaa vaziri Israel Kas ushbu ko'mak armiyaning jangovar tayyorgarligini oshirishga va frontdagi ustunligini ta'minlashga xizmat qilishini bildirdi. Rasmiy manbalarning qayd etishicha, yaqin haftalar davomida harbiy ta'minot ko'lamini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish