Xavi: «Yana Messi kabi futbolchini ko'ramiz deb o'ylamayman»

9
Xavi: «Yana Messi kabi futbolchini ko'ramiz deb o'ylamayman»
Xavi: «Yana bir bor Messi kabi futbolchini ko'ramiz deb o'ylamayman» «Barselona» klubining sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Xavi Ernandes argentinalik hujumchi Lionel Messining o'ziga xos iqtidori haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ispaniyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, Messi futbol tarixidagi eng mukammal o'yinchi hisoblanadi. Xavi va Messi 2000-yillarning boshidan to 2015-yilga qadar, ya'ni yarim himoyachi Qatarga yo'l olguncha «ko'k-anorranglilar» safida birga to'p surgan.

Sobiq jamoadoshining so'zlariga ko'ra, Lionel nafaqat texnik, balki jismoniy va o'yinni tushunish jihatidan ham barchadan ustun bo'lgan. «Xohlardimki, men adashayotgan bo'lay, biroq yana bir bor Messi kabi futbolchini ko'ramiz deb o'ylamayman.

Men u bilan 15 yil birga o'ynadim va u barcha jabhalarda eng yaxshisi edi. U hatto bosh bilan ham, o'ng oyoqda ham ajoyib o'ynardi.

Ruhiy jihatdan u haqiqiy «monstr» edi — yengilmas fenomen. U bilan bir jamoada bo'lish hamma narsani osonlashtirardi.

Shunchaki unga to'pni uzatasiz va u hammasini eng yuqori darajada bajarishini bilasiz. Uning yonida barcha futbolchilar yaxshiroq ko'rina boshlardi», — deya Xavining so'zlarini keltirdi Barca Universal nashri.

Ma'lumot uchun, Lionel Messi «Barselona» tarkibini 2021-yilda tark etgan edi. Hujumchi 2023-yilning yozidan buyon AQShning «Inter Mayami» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari