Levandovskining agenti transfer masalasida Milanga tashrif buyuradi

0
Levandovskining agenti transfer masalasida Milanga tashrif buyuradi
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovskining agenti Pini Zaxavi yaqin vaqt ichida Milan shahriga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Futbol olamidagi nufuzli agentlardan biri sanalgan Zaxavining ushbu tashrifi polshalik futbolchining kelajagi bilan bog'liq taxminlarni yanada kuchaytirdi. Sport nashrlarining qayd etishicha, tajribali hujumchining keyingi faoliyati aynan "Milan" klubi bilan bog'lanishi ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Shu bilan birga, Zaxavi "Milan" tarkibida to'p surayotgan Kristofer Nkunku bilan ham hamkorlik qiladi. Biroq ayni damda asosiy e'tibor Levandovskining transferiga qaratilgan.

Mashhur insayder Fabrisio Romanoning ma'lum qilishicha, futbolchiga nafaqat Italiyadan, balki AQSh (MLS) va Saudiya Arabistoni klublaridan ham jiddiy takliflar kelib tushmoqda. "Hozirda MLS va Saudiya Arabistoni jamoalaridan juda qiziqarli takliflar bor.

Agent barcha variantlarni, jumladan, Italiya klubidan bo'layotgan chorlovni ham diqqat bilan o'rganib chiqish niyatida", — deya Romanoning so'zlarini keltirmoqda pianetamilan.it portali. Eslatib o'tamiz, Robert Levandovski ayni vaqtda "Barselona" sharafini himoya qilmoqda.

Uning agenti barcha takliflarni tahlil qilgandan so'ng yakuniy qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Italliya chempionati giganti sanalgan "Milan" esa hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Levandovski nomzodini asosiy variantlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari