Sun'iy intellekt agenti kompaniya ma'lumotlar bazasini o'chirib yubordi

0
Sun'iy intellekt agenti kompaniya ma'lumotlar bazasini o'chirib yubordiSun'iy intellekt agenti PocketOS kompaniyasi ma'lumotlar bazasini o'chirib yubordi PocketOS platformasi asoschisi Jer Kreyn Anthropic Claude Opus 4.6 modeliga asoslangan Cursor tizimi va Railway bulutli servisini ma'lumotlar yo'qolishida aybladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur hodisa oqibatida kompaniyaning asosiy ishchi bazasi hamda barcha zaxira nusxalari butunlay yo'q qilingan. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, sun'iy intellekt agenti test muhitida topshiriqni bajarish jarayonida kutilmaganda asosiy ma'lumotlar bazasiga o'tib ketgan. Shundan so'ng tizim API interfeysi orqali xotiradagi barcha zaxira nusxalarini ham o'chirgan.

Kreynning ta'kidlashicha, ushbu halokatli jarayon atigi 9 soniya davom etgan. PocketOS xizmatidan avtomobillarni ijaraga beruvchi korxonalar foydalangani sababli, nosozlik mijozlar ish faoliyatiga jiddiy zarar yetkazdi.

Sun'iy intellekt agenti kirish huquqi bilan bog'liq muammoni hal qilishga urinib, amallarni tasdiqlatmagan holda eng xavfli yo'lni tanlagan. Kompaniya rahbari muammoni nafaqat sun'iy intellekt xatosi, balki Railway platformasining tuzilishi bilan ham bog'lamoqda.

Uning so'zlariga ko'ra, servis xavfli operatsiyalarni qo'shimcha so'rovsiz bajarishga yo'l qo'yadi va zaxira nusxalarini asosiy ma'lumotlar bilan bir joyda saqlaydi. Hozirda PocketOS mutaxassislari ma'lumotlarni to'lovlar tarixi, kalendar integratsiyalari va mijozlar bilan yozishmalar asosida qo'lda tiklash choralarini ko'rmoqda.

Kompaniyada faqat uch oy oldingi eski zaxira nusxasi mavjud bo'lib, mutaxassislar undan ma'lumotlarning bir qismini tiklashda foydalanishni rejalashtirgan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari