Amazon Yaqin Sharqdagi ma'lumotlar markazlarini tiklash uchun olti oy vaqt sarflaydi
Amazon kompaniyasining Yaqin Sharqdagi bulutli xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar harbiy harakatlar oqibatida zarar ko'rgan ma'lumotlar markazlari faoliyati tiklanishini bir necha oy kutishlariga to'g'ri keladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayndagi uchta ob'ektga dronlar hujum qilishi oqibatida tizimni to'liq qayta tiklash ishlari qariyb yarim yil davom etishi mumkin. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar berdi.
Kompaniya vakillari BAA va Bahrayndagi bulutli serverlar mintaqaviy mojaro sababli jiddiy shikastlanganini hamda ayni paytda mijozlar ilovalarini qo'llab-quvvatlash imkoniyati mavjud emasligini tasdiqladi. Mazkur holat tufayli Amazon normal ish tartibi tiklanguniga qadar barcha hisob-kitob operatsiyalarini to'xtatib qo'ydi.
AWS mutaxassislari foydalanuvchilarga mavjud resurslarni boshqa bulutli hududlarga ko'chirishni va zaxira nusxalaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Dubayda faoliyat yurituvchi Careem kabi yirik mijozlar boshqa ma'lumotlar markazlariga o'tish orqali o'z xizmatlarini tezkorlik bilan qayta yo'lga qo'yishga erishdi.
Biroq infratuzilmani to'liq ta'mirlash uchun olti oy muddat talab etilishi dronlar hujumi yetkazgan zarar ko'lami ancha yuqori ekanini ko'rsatmoqda. Ichki hisobot ma'lumotlariga ko'ra, faqat bitta markazning o'zida 14 ta EC2 server stoykasi butunlay ishdan chiqqan, yana 5 tasi esa qisman shikastlangan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0