Scholly asoschisi foydalanuvchilar maʼlumotlari sotilgani sababli bankni sudga berdi

0
Scholly asoschisi foydalanuvchilar maʼlumotlari sotilgani sababli bankni sudga berdiScholly startapi asoschisi bankni foydalanuvchilar ma'lumotlarini sotishda ayblab sudga berdi Scholly loyihasi asoschisi Kris Grey o'z kompaniyasini sotib olgan Sallie Mae bankiga nisbatan sud da'vosi kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tadbirkor bank rahbariyatini uni asossiz ravishda ishdan bo'shatish va foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini yashirincha savdolashda ayblamoqda. Techcrunch xabariga ko'ra, Grey bank Scholly ilovasi yordamida to'plangan talabalarning yoshi, jinsi, irqi hamda moddiy holatiga doir ma'lumotlarni uchinchi tomonlarga pullaganini ta'kidlamoqda.

Da'voda qayd etilishicha, ushbu jarayon bank nazoratidan chetlab o'tish maqsadida maxsus sho'ba korxonasi orqali tashkil etilgan. Sallie Mae vakillari mazkur ayblovlarni rad etib, ularni mutlaqo asossiz deb atadi.

Bank rahbariyati sud jarayonida o'z pozitsiyasini himoya qilishi va sobiq xodimning iddaolari haqiqatga to'g'ri kelmasligini bildirdi. Kris Grey 2023 yil loyihasini bankka sotganidan so'ng kompaniyada vitse-prezident lavozimini egallagan edi.

Tadbirkorning so'zlariga ko'ra, u ma'lumotlar maxfiyligi bo'yicha o'z xavotirlarini bayon qilganidan bir yil o'tib ishdan bo'shatilgan. Hozirda tomonlar o'rtasidagi nizo huquqiy tartibda ko'rib chiqilishi kutilmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari