Trampga suiqasd qilishda gumonlangan shaxsga rasmiy ayblov qo'yildi

0
Trampga suiqasd qilishda gumonlangan shaxsga rasmiy ayblov qo'yildiAQShda o'qituvchi bo'lib ishlagan Koul Allenga nisbatan prezident Trampga suiqasd uyushtirishga urinish ayblovi e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda BBC xabar bermoqda. Sud hujjatlariga ko'ra, Allenga suiqasddan tashqari jinoyat sodir etishda o'qotar quroldan foydalanish hamda og'ir jinoyatni amalga oshirish maqsadida qurolni turli shtatlar bo'ylab tashish kabi ayblar ham qo'yilgan.

Agar ushbu ayblovlar o'z tasdig'ini topsa, sudlanuvchi qurol bilan bog'liq qonunbuzarliklar uchun 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Agar uning bevosita prezident hayotiga qasd qilgani isbotlansa, Allenga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi ko'zda tutilgan.

Hozirgi vaqtda Allen o'ziga nisbatan bildirilgan barcha da'volarni rad etib kelmoqda. Prokuratura xulosasiga ko'ra, u ehtimoliy hujumni amalga oshirish niyatida bir nechta shtatlar hududini bosib o'tgan.

Qo'lga olish jarayonida gumonlanuvchining yonidan 12 kalibrli pompa miltig'i, bir nechta pichoq va boshqa turdagi qurollar topilgani ma'lum qilindi. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Rasmiylar hozircha voqeaning boshqa tafsilotlarini ochiqlamadi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari