AQShda Trampga suiqasd qilishga uringan shaxsga ayblov e’lon qilindi

0
AQShda Trampga suiqasd qilishga uringan shaxsga ayblov e’lon qilindiAQShda Donald Trampga suiqasd qilishga uringan o'qituvchiga ayblov e'lon qilindi AQShda istiqomat qiluvchi Koul Allenga nisbatan Prezident Donald Tramp hayotiga tajovuz qilish ayblovi ilgari surildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda BBC nashri xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, 31 yoshli Kaliforniya shtati vakili bo'lgan sobiq o'qituvchi jinoyat sodir etishda o'qotar quroldan foydalanish hamda og'ir jinoyatni amalga oshirish niyatida qurolni shtatlararo olib o'tishda ham ayblanmoqda.

Ushbu ayblovlar tasdiqlangan taqdirda, Allenga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin. Agar sud uni bevosita Prezidentga suiqasd qilishda aybdor deb topsa, sudlanuvchi umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi ehtimoli mavjud.

Hozirda Allen o'ziga qo'yilgan barcha ayblarni inkor etmoqda. Prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, u hujumni rejalashtirgan holda bir nechta shtat hududidan o'tgan.

Qo'lga olingan shaxsning yonidan 12 kalibrli pompali miltiq, uchta pichoq va boshqa turdagi anjomlar topilgan. Hodisa 26 aprelga o'tar kechasi Nyu-Yorkdagi Washington Hilton mehmonxonasining banket zalida yuz bergan.

Allen mehmonxonada xona band qilgan va kirish qismida AQSh Maxfiy xizmati xodimiga qarata o'q uzgan. Shundan so'ng u voqea joyida hibsga olingan.

Keyinchalik Tramp ushbu hujum Eron bilan bog'liq bo'lishi ehtimolini rad etdi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari