Vashingtonda Tramp ishtirokidagi tadbirda otishma sodir bo'ldi
AQSh poytaxti Vashington shahrida yuz bergan qurolli hujum xalqaro hamjamiyat e'tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Hilton mehmonxonasida prezident Donald Tramp tomonidan tashkil etilgan yopiq kechki ovqat paytida o'q ovozlari yangradi. Tadbirda Melaniya Tramp va vitse-prezident Jey Di Vens ham ishtirok etayotgan edi.
Hujum natijasida maxfiy xizmat xodimlaridan biri jarohat oldi. Hujumni amalga oshirganlikda gumonlanayotgan shaxs Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi 31 yoshli Koul Allen ekani aniqlandi.
Allen S2 Education markazida o'qituvchi bo'lib ishlagan, shuningdek, dasturlash va video o'yinlar yaratish bilan shug'ullangan. U 2018 yilda Steam platformasida o'z loyihasini taqdim etgan.
Tergov ma'lumotlariga ko'ra, Allen ijtimoiy tarmoqlarda o'zini «Do'stona federal qotil» deb atagan va rasmiylarga nisbatan tahdidli manifest e'lon qilgan. Tergov jarayonida Allenning siyosiy qarashlari va Ukraina bilan bog'liqligi asosiy yo'nalishlardan biri sifatida ko'rilmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, u Kiyev ma'muriyatini faol qo'llab-quvvatlagan va Ukraina qurolli kuchlari uchun xayriya yig'ishda qatnashgan. Allen AQSh hukumatini Ukrainaga harbiy yordamni kamaytirgani uchun tanqid qilgan hamda Jey Di Vensning ushbu masaladagi pozitsiyasiga keskin qarshi chiqqan.
Shuningdek, u ilgari Kamala Xarrisning saylovoldi kampaniyasiga mablag' o'tkazgani ma'lum bo'ldi. Hozirda FBR Allenning Ukraina davlat idoralari bilan aloqalarini tekshirmoqda.
Unga nisbatan federal xodim hayotiga tajovuz qilish va o'qotar quroldan noqonuniy foydalanish ayblovlari qo'yildi. Mazkur ish bo'yicha dastlabki sud majlisi 27 aprel kuniga belgilangan.
Oq uy matbuot kotibi Levitt ushbu voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0