Rossiya biznesi Telegram o‘rniga mahalliy messenjerlarga o‘tmoqda

0
Rossiya biznesi Telegram o‘rniga mahalliy messenjerlarga o‘tmoqdaRossiya biznesi Telegram o'rniga mahalliy messenjerlarga o'tmoqda Rossiyalik tadbirkorlar Telegram messenjeri faoliyatidagi nosozliklar sababli o'zaro muloqot uchun muqobil dasturlarni izlashga tushdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarning professional foydalanuvchilari assotsiatsiyasi hisobotiga ko'ra, 2026 yil mart oyida ichki korporativ platformalarga bo'lgan talab 5 barobarga ortgan. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot berdi.

Hozirgi vaqtda Rossiya kompaniyalarining uchdan bir qismi xizmat yozishmalari uchun gibrid uslubdan foydalanmoqda. Tashkilotlarning atigi 15 foizi to'liq korporativ tizimlarni joriy etgan bo'lsa, biznes vakillarining yarmidan ko'pi hanuz VPN va proksi-serverlar yordamida ishlashni davom ettirmoqda.

Oddiy foydalanuvchilar orasida Turkiyaning "BiP", Janubiy Koreyaning "KakaoTalk", Xitoyning "WeChat" hamda Amerikaning "IMO" ilovalari ommalashmoqda. Tadbirkorlar bloklanish ehtimoli past bo'lgan mahalliy yechimlarga asosiy e'tiborni qaratgan.

Ekspertlar tushuntirishicha, kompaniyalar ortiqcha yangilik kanallari va botlardan xoli, faqat ishchi muloqotga moslashgan dasturlarni ma'qul ko'rmoqda. Hozirda "Yandex Messenjer" va "eXpress" platformalari ushbu yo'nalishda yetakchilik qilmoqda.

Biroq ayrim tizimlarda maxfiylik bilan bog'liq xavotirlar saqlanib qolayotgani sababli biznes ularga to'liq ishonch bildirmayapti. Ma'lumot uchun, 2026 yil mart oyida Rossiyada Telegram mobil trafigi 18 foizga qisqargan.

Mutaxassislar xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida korporativ mijozlarning katta qismi baribir mahalliy tizimlarga o'tishini taxmin qilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari