Qrimda litsenziyasiz sun'iy yo'ldosh qurilmalari ommalashmoqda
Qrim yarim orolida "Gorinich" nomi bilan mashhur bo'lgan litsenziyasiz sun'iy yo'ldosh qabul qiluvchi qurilmalaridan foydalanish ko'rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining "Grifon ekspert" tadqiqot kompaniyasi hisobotiga tayanib ma'lum qilishicha, mintaqa aholisining qariyb 34 foizi ushbu uskunalardan foydalanadi. Mazkur texnik vositalar bir vaqtning o'zida bir nechta sun'iy yo'ldosh signallarini, xususan, Ukraina telekanallari translyatsiyalarini qabul qilish imkoniyatiga ega ekani bilan ajralib turadi.
Mutaxassislar ushbu qurilmalarning keng tarqalishini foydalanish bo'yicha qat'iy nazoratning yo'qligi hamda rasmiy telekommunikatsiya xizmatlarining cheklangani bilan izohlamoqda. Raqamli ma'lumotlarga ko'ra, qonuniy sun'iy yo'ldosh televideniyesi xizmatlari aholining atigi 17 foizini qamrab olgan bo'lsa, fuqarolarning deyarli yarmi bunday xizmat turlaridan umuman foydalanmaydi.
Noqonuniy uskunalardan foydalanuvchilarning asosiy qismini 18 yoshdan 54 yoshgacha bo'lgan aholi qatlami tashkil etadi. Mavjud vaziyat yuzasidan o'tkazilgan muhokamalar yakunida Raqamli rivojlanish vazirligiga aniq topshiriqlar berildi.
Endilikda vazirlik mutasaddilari litsenziyasiz qurilmalardan foydalanishning real ko'lamini tahlil qilishi va sohani tartibga solish bo'yicha tegishli choralarni ishlab chiqishi lozim bo'ladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0