"Tricolor" kompaniyasi o'rnatilgan qabul qilgichga ega H32NS1 televizorini taqdim etdi
"Tricolor" sun'iy yo'ldosh televideniyesi operatori ichki tyuner bilan jihozlangan H32NS1 rusumli televizorni ishlab chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining yozishicha, texnika Rossiya bozoridagi birinchi sun'iy yo'ldoshli televizor sifatida tavsiflanmoqda. Mazkur qurilmaning o'ziga xosligi shundaki, foydalanuvchilar alohida tashqi qabul qilgich sotib olishlari shart emas.
Televideniyeni tomosha qilish uchun faqat antennani qurilmaga ulash kifoya qiladi. Texnik xususiyatlariga ko'ra, televizor 32 dyuymli ekran, 1366x768 pikselli ruxsat hamda aqlli funksiyalar bilan ta'minlangan.
Qurilmaning samarali ishlashi uchun 2 GB tezkor xotira va Montage Sym4 protsessori o'rnatilgan. H32NS1 modeli ikki xil rejimda faoliyat yuritadi: internetsiz to'g'ridan-to'g'ri sun'iy yo'ldosh signalini qabul qilish yoki Wi-Fi tarmog'iga ulanish imkoniyati mavjud.
Tarmoq rejimi orqali foydalanuvchilar onlayn kinoteatrlar va turli raqamli xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Qurilma "Tricolor" ekotizimiga to'liq integratsiya qilingan bo'lib, StingrayTV operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.
Ma'lum qilinishicha, mahsulot Rossiya va Belarus hududidagi zavodlarda ishlab chiqarilmoqda. Yangi model dastlab kompaniyaning rasmiy do'konlarida savdoga chiqariladi.
Televizorning chakana narxi taxminan 16 400 rublni tashkil etadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0