Misrda germaniyalik sayyoh kobra chaqishi oqibatida vafot etdi
Misrning Qizil dengiz bo'yida joylashgan Xurgada shahrida germaniyalik sayyoh ishtirokidagi fojia qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
"CNN" nashri bergan ma'lumotga ko'ra, 57 yoshli erkak dam olish vaqtida tashkil etilgan ilonlar shousida kobra chaqishi natijasida hayotdan ko'z yumgan. Germaniya fuqarosi oilasi bilan mehmonxonadagi ko'ngilochar dasturda qatnashayotgan bo'lgan.
Tomosha vaqtida ilon erkakning kiyimi ichiga kirib, uning oyog'idan tishlab olgan. Hodisaning dastlabki daqiqalarida vaziyatga yetarlicha e'tibor berilmagan, biroq tez orada jabrlanuvchining ahvoli keskin yomonlashgan.
Erkak zudlik bilan shifoxonaning reanimatsiya bo'limiga yetkazilgan bo'lsa-da, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi. Hozirda Germaniyaning Memmingen shahri politsiyasi mazkur holat yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda va toksikologik ekspertiza xulosasini kutmoqda.
JSST ma'lumotlariga ko'ra, dunyo miqyosida ilon chaqishi bilan bog'liq o'lim holatlari ko'p uchraydi. Xususan, har yili 81 mingdan 138 minggacha inson zaharli ilonlar hujumi tufayli vafot etadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0