Misrda ilon chaqqan germaniyalik sayyoh vafot etdi

0
Misrda ilon chaqqan germaniyalik sayyoh vafot etdiMisrda germaniyalik sayyoh kobra chaqishi oqibatida vafot etdi Misrga oilasi bilan dam olish uchun borgan Germaniya fuqarosi ilon chaqishi natijasida hayotdan ko'z yumdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Germaniya politsiyasi ma'lumotiga tayanib «The Guardian» nashri xabar berdi. Voqea aprel oyida Hurgada shahrida sodir bo'lgan.

Germaniyaning Unterallgoy hududidan kelgan 57 yoshli erkak mehmonxonada tashkil etilgan ilon o'ynatuvchilar shousida ishtirok etgan. Tomosha davomida tashkilotchilar ikki dona kobradan foydalangan va ularni tomoshabinlarning yelkasi hamda bo'yniga qo'ygan.

Ma'lum qilinishicha, ilonlardan biri erkakning kiyimi ichiga kirib ketgan va uning oyog'idan chaqqan. Zahar ta'sirida ahvoli og'irlashgan jabrlanuvchiga shifoxonaga yetib borguncha reanimatsiya choralari ko'rilgan.

Biroq tibbiyot xodimlarining urinishlariga qaramay, sayyoh vafot etgan. Hozirda Germaniya huquq-tartibot idoralari va prokuraturasi mazkur holat yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.

Mutaxassislar tomonidan toksikologik ekspertiza tayinlangan. Misr hukumati rasmiylari ushbu baxtsiz hodisa haqida ularda ma'lumot mavjud emasligini bildirdi.

Germaniyalik erkakning shaxsi tergov manfaatlari yuzasidan to'liq oshkor qilinmagan, uning ikki nafar yaqini bilan ta'tilda bo'lgani aytilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari