Xitoylik ayol 60 mingdan ziyod zaharli ilon boqib daromad topmoqda

0
Xitoylik ayol 60 mingdan ziyod zaharli ilon boqib daromad topmoqdaXitoylik ayol 60 mingdan ziyod zaharli ilon parvarishlab yiliga 147 000 dollar daromad topmoqda Xitoyning Guansi provinsiyasi Guilin shahrida istiqomat qiluvchi 29 yoshli Sin 60 mingdan ortiq zaharli ilon saqlanadigan fermani boshqarmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

South China Morning Post nashrining yozishicha, 1995 yilda tug'ilgan Sin oliy ma'lumot olganidan so'ng, otasiga yordam berish maqsadida qishlog'iga qaytgan. Hozirda uning fermasida 50 mingdan ziyod "besh qadamli" deb ataluvchi qalqonboshli ilonlar hamda 10 mingga yaqin kobra parvarish qilinmoqda.

Sinning otasi avvaliga qizining ushbu xavfli faoliyat bilan shug'ullanishiga qarshilik qilgan, biroq xo'jalik kengayishi natijasida uning ko'magiga ehtiyoj tug'ilgan. Sinning so'zlariga ko'ra, ilon mahsulotlari, jumladan, quritilgan ilon go'shti, yog'i va o'ti an'anaviy tabobatda yuqori baholanadi.

Tibbiy tadqiqotlar uchun zarur bo'lgan ilon zaharining bir grammi sifatiga qarab 6 dollardan 30 dollargacha sotiladi. Barcha xarajatlar chegirilganda, mazkur biznes yiliga 1 mln yuandan ortiq sof foyda keltirmoqda.

Tadbirkor ayol ijtimoiy tarmoqlarda "Ilon zahri yig'uvchi qiz" taxallusi bilan o'z faoliyatini yoritib boradi va 22 mingdan ortiq kuzatuvchiga ega. Sin ilonlar bilan ishlash o'ta xavfli ekanini ta'kidlab, ayniqsa "besh qadamli" ilon chaqishi butun tana bo'ylab chidab bo'lmas og'riq keltirib chiqarishi haqida ogohlantiradi.

Shunga qaramay, u oylik daromad va oilaviy an'anani saqlab qolish maqsadida ushbu sohadagi faoliyatini davom ettirmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari