O'zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti ijobiy darajada ekani aniqlandi

0
O'zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti ijobiy darajada ekani aniqlandiO'zbekistonda oilaviy munosabatlar barqarorligi saqlanib qolmoqda 2025 yil yakunlari bo'yicha O'zbekistonda nikoh instituti barqarorligi ijobiy ko'rsatkichlarni namoyish etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil qildi. Ushbu statistika har 1 000 ta rasmiy nikohga o'rtacha 175 ta ajrim to'g'ri kelishini anglatadi.

Mutaxassislar ushbu raqamlarni xalqaro miqyosda past ko'rsatkich sifatida baholab, mamlakatda oilaviy munosabatlar mustahkamligini ta'kidlamoqda. MDH davlatlari bilan qiyoslanganda O'zbekistondagi vaziyat nisbatan barqaror ekani ko'rinadi.

Xususan, ajrimlar darajasi Moldovada 642,7, Ozarbayjonda 431,9, Qozog'istonda 328,2 va Qirg'izistonda 289,6 promilleni tashkil etgan. Ushbu ma'lumotlar mintaqa davlatlari orasida O'zbekistonda oilalar buzilishi ko'rsatkichi sezilarli darajada kamligini tasdiqlaydi.

Hududiy tahlillar Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida nikohlar eng barqaror ekanini ko'rsatdi. Aksincha, Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ajrimlar darajasi boshqa hududlarga nisbatan yuqori bo'lib qolmoqda.

Ekspertlar ushbu holatni urbanizatsiya jarayonlari, ijtimoiy bosim hamda turmush tarzining o'zgarishi bilan bog'lamoqda. Institut xulosasiga ko'ra, mamlakatda oilaviy qadriyatlar ustuvorligi saqlanib qolayotgani sababli ajrimlar darajasi ko'plab xorijiy davlatlarga qaraganda past ko'rsatkichda qolmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari