O'zbekistonda tug'ilish ko'rsatkichi oxirgi besh yildagi eng quyi darajaga tushdi

0
O'zbekistonda tug'ilish ko'rsatkichi oxirgi besh yildagi eng quyi darajaga tushdiO'zbekistonda tug'ilish ko'rsatkichi so'nggi besh yildagi eng quyi darajaga tushdi Statistika agentligi O'zbekistondagi demografik holat bo'yicha hisobot e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko'ra, mamlakatda tug'ilish soni kamayishi fonida o'lim va ajrimlar ko'payishi kuzatilmoqda. Respublika doimiy aholisi 2026 yil 1 aprel holatiga ko'ra 38 382 000 nafardan oshdi.

Aholi soni bir yil ichida 685 ming kishiga yoki 1,8 % ga ko'paygan. Hozirda fuqarolarning 50,9 % i shaharlarda, 49,1 % i esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.

Erkaklar soni 19,33 mln nafarni, ayollar soni esa 19 mln nafardan ortiqni tashkil etmoqda. Hududlar bo'yicha eng yuqori aholi soni Samarqand va Farg'ona viloyatlarida, eng kam ko'rsatkich esa Sirdaryoda qayd etildi.

2026 yilning birinchi choragida 191,1 ming chaqaloq dunyoga kelgan bo'lib, bu oxirgi besh yil ichidagi eng past natijadir. Ma'lumot uchun, ushbu ko'rsatkich 2024 yilning mos davrida 205,7 mingni, 2025 yilda esa 198,1 mingni tashkil etgan edi.

Shuningdek, joriy yilning yanvar–mart oylarida 43,5 ming kishi vafot etdi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan o'lim holatlari 2,1 mingtaga ko'payganidan dalolat beradi.

Oilaviy munosabatlarda ham o'zgarishlar mavjud. Uch oy ichida 42,3 mingta nikoh qayd etilgan bo'lib, bu o'tgan yilgidan 1,5 mingtaga kamdir.

Ajrimlar soni esa, aksincha, ortib, 12,7 mingtaga yetdi. Bu 2025 yilning birinchi choragiga qaraganda 1,2 mingta ko'proq ajrim demakdir.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari