Uchqun Tillayevga muddatidan avval polkovnik maxsus unvoni berildi

0
Uchqun Tillayevga muddatidan avval polkovnik maxsus unvoni berildiUchqun Tillayevga polkovnik unvoni muddatidan avval topshirildi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug'iga binoan, vazirlik Madaniyat saroyi rahbari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Uchqun Tillayevga polkovnik maxsus unvoni berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur unvon ijodkorga rag'batlantirish tariqasida, belgilangan muddatdan oldin taqdim etilgan. Tantanali marosim Madaniyat saroyida o'tkazilgan navbatdagi «Ma'naviyat va ma'rifat soati» doirasida bo'lib o'tdi.

Tadbirda unvon egasiga maxsus pogonlar topshirildi. Uchqun Tillayev ushbu e'tirof yuzasidan o'z munosabatini bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, 2026 yil ichki ishlar organlaridagi faoliyatiga to'liq 20 yil to'ladi. Aktyor vazirlik tizimidagi bayram va davlat tadbirlarida muntazam faol ishtirok etib kelayotganini qayd etdi.

Tillayev: «Bugun men uchun quvonchli kun. Rag'batlantirish maqsadida berilgan polkovnik unvonini oqlab, yurtimiz, xalqimiz va prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilaman», — deya ta'kidladi.

Ma'lumot uchun, Uchqun Tillayev ko'p yillardan buyon IIV tizimida madaniy-ma'rifiy yo'nalishdagi ishlarga mas'ul hisoblanadi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Madaniyat yangiliklari