Joriy yilning 29 may kuni Madaniyat vazirligida o‘tkazilgan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan bir guruh madaniyat va san’at namoyandalari taqdirlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Tadbirda ishtirok etgan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mukofotlangan ijodkorlarni tabriklab, bugungi kunda soha rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Vazir o‘z nutqida o‘tmishda madaniyat tizimida to‘planib qolgan tizimli muammolar va ularning ijodkorlar kayfiyatiga ta’siriga alohida to‘xtaldi.
Uning qayd etishicha, uzoq yillar davomida e’tiborsizlik va tushkunlik hukm surgan sohada bugun sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor san’atkorlarning jamiyatdagi obro‘sini tiklash hamda iste’dodli kadrlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Ozodbek Nazarbekov davlat rahbarining san’atkorlarni rag‘batlantirish borasidagi tashabbuslari nafaqat bayram arafasidagi xushxabar, balki sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ijodiy salohiyatni yuzaga chiqarishga qaratilgan muhim qadam ekanligini ta’kidladi. Mazkur tadbir ijod ahli uchun nafaqat e’tirof, balki kelgusidagi faoliyat uchun yangi motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0