O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san’atkorlarni soliqqa tortishning yangi mexanizmi haqida gapirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
21 aprel kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda vazir ta’kidlashicha, ayrim xonanda va ijrochilar o‘z daromadlaridan soliq to‘lashayotganini, ammo bu jarayonni to‘liq tushunmayotganini aytdi. U bu holatni “soliq bo‘yicha savodsizlik” deb baholadi.
Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha hali muhokama bosqichida. Asosiy masala san’atkorlar to‘layotgan yoki to‘lamayotgani emas, balki joriy tizimning qanchalik to‘g‘ri va adolatli ekanligidir.
Vazir soliq to‘lashni fuqarolik burchi deb hisoblab, bundan bosh tortishni qoraladi. Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tartibga ko‘ra, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab barcha konsert-tomosha xizmatlari “Soliq” mobil ilovasi orqali rasmiylashtiriladi.
“Bir xizmat – bir to‘lov” tamoyilida ishlaydigan yangi tizimda soliq miqdori ijrochining reytingiga qarab, asosiy hisoblash miqdorining 0,25 baravaridan 3 baravarigacha belgilanadi. Qoidalarga rioya etilmasa, jarimalar qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.
Statistikaga ko‘ra, 2025 yilda 728 nafar xonanda soliq deklaratsiyasi taqdim etib, jami 3 mlrd 728 mln so‘mdan ortiq daromad va 437 mln so‘m soliq hisoblangan. Yangi mexanizm sohadagi shaffoflikni oshirishga qaratilgan bo‘lsa-da, uni ayrim san’atkorlar, jumladan Yulduz Usmonova keskin tanqid qilmogda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0