Feruza Normatova turmush o'rtog'ining farzandi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi
Aktrisa va bloger Feruza Normatova "YashinTV" loyihasiga bergan intervyusida turmush o'rtog'ining farzandiga bo'lgan munosabati hamda oiladagi murakkab vaziyatlar haqida to'xtalib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Uning so'zlariga ko'ra, turmush o'rtog'i farzandini nihoyatda yaxshi ko'radi va uning kelajagi uchun barcha mas'uliyatni zimmasiga olishga tayyor. Normatova aliment masalasi ular uchun muammo emasligini, turmush o'rtog'i farzandi bilan ko'rishish evaziga bor imkoniyatini sarflashga, jumladan, bolaga avtomobil olib berish va xorijiy sayohatlarni tashkil etishga intilishini ma'lum qildi.
Shu bilan birga, aktrisa bolaning otasi bilan muloqot qilishiga to'sqinlik qilinayotganini tanqid ostiga oldi. Uning ta'kidlashicha, otani farzandidan uzoqlashtirish, turli sabablar bilan qamoqqa olish hamda bolaga boshqa shaxsni "dada" deb tanishtirishga urinish kabi holatlar insoniylik tamoyillariga zid keladi.
Normatova mazkur masalada o'z pozitsiyasini aniq bayon etib, turmush o'rtog'ining farzandini o'z bolasidek qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Feruza Normatova oilaviy xotirjamlik u uchun ustuvor ekanini va otani farzanddan ajratish niyati yo'qligini alohida qayd etdi.
Uning fikricha, ayolga va bolaga bo'lgan muhabbat ikki xil tuyg'u bo'lib, ular bir-biriga xalaqit bermasligi lozim. Aktrisa turmush o'rtog'i o'z farzandi bilan baxtli bo'lishidan faqat xursand bo'lishini qo'shimcha qildi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.





Izohlar
0