Feruza Normatova eriga nisbatan tarqalgan mish-mishlarga keskin norozilik bildirib, javob berdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Feruza Normatova eriga nisbatan tarqalgan mish-mishlarga keskin norozilik bildirib, javob berdi
Aktrisa Feruza Normatova turmush o'rtog'i haqida paydo bo'lgan turli xabarlarga javob berdi. U “Yashin TV”dagi intervyusida erini "alfons" deb atashgan gaplarga keskin norozilik bildirib, bu ifodalarni qabul qila olmayatini aytdi. Normatova, Allohdan munosib hamkor so'raganini va shuning uchun uzoq vaqt turmushga chiqmaganini ta'kidladi.

Feruza Normatova turmush o'rtog'ini tanlashda juda ehtiyot bo'lganini va uning har bir qadamini diqqat bilan kuzatganini ma'lum qildi. U birinchi uchrashuvdan boshlab uning mashinasi, kiyimi, ishi va qayerlarga borishi bilan qiziqqan. Aktrisa, o'zini 18 yoshli qiz deb hisoblamasligini va faqat tashqi ko'rinishga qarab qaror qabul qilmasligini bildirdi.

Normatova erining to'yidan uch oy o'tgach, nima bilan shug'ullanayotganini bilganini ta'kidladi. Hozirda uning turmush o'rtog'i xususiy firmada rasmiy ishlaydi va sport hamda avtomobil sohasida biznes yuritadi. Uning asosiy e'tibori sportga qaratilgan bo'lib, Oktagon liga bilan ham shartnoma imzolagan.

Aktrisa, erining yaqin kunlarda jang qilishi kutilayotganini va hozirda shu jangga tayyorgarlik ko'rayotganini ma'lum qildi. Feruza Normatova o'z qadriga biladigan va huquqlarini himoya qiladigan ayol ekanligini ta'kidladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish