Zarina Yo'ldosheva kiyinish uslubi haqidagi tanqidlarga javob berdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Zarina Yo'ldosheva kiyinish uslubi haqidagi tanqidlarga javob berdiZarina Yo'ldosheva: «Kiyinish uslubim o'zgarmagan, onam bolalikdan did bilan kiyinishga o'rgatganlar»

Aktrisa Zarina Yo'ldosheva «Navo mehmonda» ko'rsatuviga bergan intervyusida o'zining tashqi ko'rinishi va kiyinish uslubi borasidagi qarashlari bilan bo'lishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aktrisaning so'zlariga ko'ra, uning kiyinish tarzi zamonaviy oqimlar yoki trendlar ta'sirida shakllanmagan, balki bolalikdan shakllangan shaxsiy tanlov natijasidir. Yo'ldosheva onasining tarbiyasi uning didiga katta ta'sir ko'rsatganini alohida ta'kidladi.

Aktrisaning qayd etishicha, onasi unga har doim o'ziga yarashgan kiyimlarni tanlashni maslahat bergan. Shu sababli u kiyim tanlashda cheklovlarga duch kelmaganini va hech kim uning tanloviga aralashmaganini ma'lum qildi.

Aktrisa vaziyatga va kayfiyatiga qarab ham yopiq, ham ochiq uslubdagi liboslardan foydalanishini bildirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning o'zgargani haqida yozilayotgan izohlarga javob berar ekan, Zarina Yo'ldosheva avval ham xuddi shunday uslubda kiyinganini tushuntirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, ilgari Instagram platformasidan faol foydalanmagani sababli odamlarda noto'g'ri tasavvur uyg'ongan. Hozirda platformani yaxshi o'zlashtirgani va sahifasini muntazam yuritayotgani bois uning uslubi ko'proq ko'zga tashlana boshlagan.

Aktrisa mashhurlikka erishgach o'zgargani haqidagi fikrlarni asossiz deb hisoblaydi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish