Olimlar Quyosh bo‘ronlaridan himoya qiluvchi sun’iy qalqon yaratmoqchi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Olimlar Quyosh bo‘ronlaridan himoya qiluvchi sun’iy qalqon yaratmoqchiBoston universiteti olimlari Yer sayyorasini kosmik fazodagi ekstremal ob-havo hodisalari va ularning salbiy oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan innovatsion yechimni taqdim etdilar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

StormWall deb nomlangan mazkur loyiha doirasida olimlar yer magnitosferasi chegarasida sunʼiy va vaqtinchalik plazma qalqonini shakllantirish g‘oyasini ilgari surishmoqda. Space Weather jurnalida chop etilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu tizim kuchli geomagnit bo‘ronlarining sayyoramizga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararli taʼsirini qariyb ikki barobarga qisqartirish imkonini beradi.

Mutaxassislar ushbu texnologiyani amalga oshirish orqali kosmik nurlanish va quyosh faolligi oqibatida yuzaga keladigan texnogen halokatlarning oldini olishni maqsad qilganlar. Hozirgi bosqichda mazkur loyiha nazariy jihatdan o‘rganilmoqda va kelgusida uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha texnik hisob-kitoblar bajarilishi rejalashtirilgan.

Mazkur ishlanma zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy yo‘ldosh tizimlarini quyosh bo‘ronlarining kuchli elektromagnit impulslaridan asrashda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda. Tadqiqotchilar ushbu himoya tizimi Yer biosferasi hamda global infratuzilma barqarorligini taʼminlashda strategik ahamiyat kasb etishini taʼkidlashmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish