Samarqandda 2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqchi bo'lganlar ushlandi

0
Samarqandda 2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqchi bo'lganlar ushlandiSamarqandda 490 ming dollarlik yer maydonini noqonuniy sotishga urunish fosh etildi Samarqand shahrida yirik miqdordagi yer maydonini noqonuniy yo'llar bilan sotishga uringan shaxslar qo'lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aniqlanishicha, 1993 yilda tug'ilgan fuqaro o'z sherigi bilan o'zaro til biriktirib, 2 gektar yer maydonini xaridorga 490 ming AQSh dollariga pullashni rejalashtirgan. Gumonlanuvchilar yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ushbu hududni rasmiylashtirib berishni va'da qilib, evaziga oldindan 50 ming dollar berishni talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs so'ralgan 50 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Mazkur holat yuzasidan ikki nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mutaxassislar yer uchastkalarini realizatsiya qilish va ajratish tartibi faqat "E-AUKSION" elektron platformasi orqali, qonuniy asoslarda amalga oshirilishini eslatib o'tmoqda. Belgilangan tartibdan tashqari amalga oshiriladigan har qanday yer savdosi jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari