Edin Terzich «Atletiko» bilan kelishuvga erishdi

0
Edin Terzich «Atletiko» bilan kelishuvga erishdi
Germaniyalik 43 yoshli mutaxassis Edin Terzich faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda insayder Florian Plettenberg o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma'lum qildi. Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, "Borussiya Dortmund" klubining sobiq ustozi Bilbaoning "Atletiko" klubi bilan kelishuvga erishgan.

Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanib, 2028-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Terzich yangi jamoasidagi vazifasiga kelasi mavsumdan kirishadi.

Avvalroq Bilbaoning amaldagi bosh murabbiyi Ernesto Valverde 2025/2026-yilgi mavsum yakunlangach, o'z lavozimini tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Edin Terzich aynan uning o'rnini egallashi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida "Atletiko" 41 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining to'qqizinchi pog'onasini egallab turibdi. Edin Terzich o'tgan mavsumda "Borussiya Dortmund" jamoasi bilan Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan edi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari