Torgan Azar faoliyatini Fransiyaning «Lans» klubida davom ettiradi

0
Torgan Azar faoliyatini Fransiyaning «Lans» klubida davom ettiradi
Torgan Azar faoliyatini Fransiyaning «Lans» klubida davom ettiradi Belgiya terma jamoasi va «Chelsi» klubi sobiq yulduzi Eden Azarning ukasi Torgan Azar yana kuchli beshlik chempionatlaridan biriga qaytmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

33 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlangach, Belgiyaning «Anderlext» klubini tark etadi va Fransiyaning «Lans» jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda La Dernière Heure nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Azar va «Anderlext» o‘rtasidagi amaldagi kelishuv muddati uzaytirilmaydi. Futbolchining «Lans»ni tanlashiga klubning kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyati borligi asosiy sabab bo‘lgan.

Fransuz klubi yarim himoyachiga ikki yillik shartnoma taklif qilgan bo‘lsa, Belgiya jamoasi faqat bir yillik kelishuv bilan cheklangan. E’tiborli jihati shundaki, Torgan Azar aynan «Lans» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va professional faoliyatini 2011-yilda ushbu jamoada boshlagan.

Keyinchalik u faoliyati davomida «Chelsi», «Borussiya Dortmund» va PSV kabi nomdor klublar sharafini himoya qilgan. 2024-yilda tizzasidan og‘ir jarohat olganiga qaramay, futbolchi qisqa vaqt ichida o‘zining avvalgi sport formasini tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Joriy mavsumda kichik Azar klub miqyosida barcha turnirlarda jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda 15 ta gol urishga va 11 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishdi.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv deyarli yakuniga yetgan va yaqin kunlarda «Lans» ma’muriyati transferni rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari