
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Floran Maluda, "ko'k-anorranglilar" vingeri Estevoning jamoadagi sobiq futbolchi Eden Azar bilan qiyoslanishiga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
"Biz Estevaoni Azar bilan qiyoslamasligimiz kerak. Bu unga yordam bermaydi.
Azar ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan va katta hissa qo'shgan afsonaviy futbolchi edi. Lekin vaziyat mutlaqo boshqa", - dedi Maluda.
Estevao 2025-yilda "Parmes"dan "Chelsi"ga 47 million yevro evaziga o'tgan. Uning London klubi bilan shartnomasi 2033-yil 30-iyungacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida barcha turnirlarda 36 ta o'yin o'tkazib, sakkizta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Estevao qiymatini 80 million yevroga baholaydi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0