
"Atletiko" hujumchisi Aleksandr Sorlot faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
"Rossoneri" norvegiyalik futbolchini sotib olish uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor. Bu haqda Ekrem Konur xabar berdi.
Aleksandr Sorlot 2024-yilda "Vilyarreal"dan "Atletiko"ga 32 million yevro evaziga o‘tgan edi. Madrid klubi bilan shartnomasi 2028-yil 30-iyunga qadar davom etadi.
Joriy mavsumda hujumchi "matraschilar" safida barcha turnirlarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Sorlotning transfer qiymatini 20 million yevroga baholaydi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0