Luis Enrike "PSJ" bilan shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Luis Enrike "PSJ" bilan shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirdi
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike lavozimida qoladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Diario AS" nashrining xabar qilishicha, Ispaniyalik mutaxassis Parij klubi bilan shartnomasini 2030-yilning yozigacha uzaytirishga kelishib olgan. Kelishuv rasman joriy mavsum yakunida e'lon qilinadi.

Hozirda Enrike mavsumning yakuniy bosqichiga to'liq e'tibor qaratgan bo'lib, Fransiya chempionati va Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni maqsad qilgan. Luis Enrike "PSJ"ni 2023-yilda boshqargan.

Parijliklar uning qo'l ostida uch marta Fransiya Superkubogini, ikki martadan Fransiya chempionati va Fransiya kubogini, shuningdek, bir martadan Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va Qit'alararo kubokni qo'lga kiritgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish