"Chelsi" bosh murabbiyligi uchun uch nafar nomzod aniqlandi

0
"Chelsi" bosh murabbiyligi uchun uch nafar nomzod aniqlandi
"Chelsi" bosh murabbiyligiga uch nafar nomzod aniqlandi Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiy Liam Rosinyorni iste'foga chiqargach, uning o'rniga yangi mutaxassis izlash ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda BBC Sport nashri jurnalistlari xabar bermoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, "aristokratlar"ning kengaytirilgan ro'yxatidan uch nafar mutaxassis joy olgan.

Nomzodlar orasida "Bornmut" ustozi Andoni Iraola, "Fulxem" bosh murabbiyi Marku Silva hamda ayni damda ishsiz bo'lgan Edin Terzich borligi aytilmoqda. Londonliklar muvaffaqiyatsiz natijalar sababli Rosinyor bilan xayrlashishga qaror qildi.

Angliya premyer ligasining 33 turidan so'ng jamoa 48 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining sakkizinchi pog'onasini egallab turibdi. Mavjud holat "Chelsi"ning kelasi mavsumda Chempionlar ligasidan chetda qolish xavfini yuzaga keltirmoqda.

Shu sababli klub rahbariyati qisqa muddat ichida yangi murabbiy masalasini hal etishni rejalashtirgan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari