Samarqandda 490 ming dollarlik yerni sotmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

0
Samarqandda 490 ming dollarlik yerni sotmoqchi bo'lgan shaxs ushlandiSamarqandda 490 ming dollarlik yer maydonini noqonuniy sotishga urinish fosh etildi Samarqand shahrida Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida yer maydonini noqonuniy savdolashish holati to'xtatib qolindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aniqlanishicha, 1993 yilda tug'ilgan fuqaro Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi 1983 yilda tug'ilgan shaxs bilan o'zaro til biriktirgan. Ular ikkinchi sherigining turmush o'rtog'iga issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini o'zganing mulkiga aylantirishni rejalashtirgan.

Gumonlanuvchi ushbu yer uchastkasini xaridorga 490 ming AQSh dollariga baholagan. U mansabdor tanishlari ko'magida yerga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va'da qilib, kelishilgan summaning 50 ming dollarini oldindan berishni talab qilgan.

DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tadbirda mazkur shaxs so'ralgan pulni olayotgan vaqtida ushlandi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar yer uchastkalari bilan bog'liq har qanday bitimlar faqat qonun doirasida, xususan, E-AUKSION elektron savdo platformasi orqali shaffof tarzda amalga oshirilishi shartligini eslatib o'tadi. Qonunchilikni chetlab o'tib, asossiz daromad orttirishga qaratilgan harakatlar qat'iy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari