AQShda pornografiyani bloklovchi maxsus mobil aloqa tarmog'i ishga tushirildi

Madina Yusupova2 daqiqalik o'qish

AQShda pornografiyani bloklovchi maxsus mobil aloqa tarmog'i ishga tushirildiAQShda xristian qadriyatlariga asoslangan mobil aloqa tarmog'i ishga tushiriladi

AQShda joriy hafta davomida xristian diniga e'tiqod qiluvchilar uchun mo'ljallangan maxsus mobil aloqa tarmog'i faoliyat boshlaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur tarmoqning o'ziga xos jihati shundaki, u pornografik kontentni butunlay bloklaydi. Bu AQSh mobil aloqa bozorida tarmoq darajasida joriy etilgan birinchi shunday cheklov hisoblanadi.

Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, hatto voyaga yetgan foydalanuvchilar ham ushbu blokirovkani o'z akkauntlarida mustaqil ravishda o'chirib tashlay olmaydi. Yangi xizmat doirasida jinsiy xarakterdagi materiallar, shuningdek, gender va transgenderlar mavzusiga oid kontentni cheklovchi maxsus filtrlar joriy etiladi.

Ushbu filtrlar barcha tarif rejalarida dastlabki holatda faollashtirilgan bo'ladi, biroq foydalanuvchilar ulardan ixtiyoriy ravishda foydalanishlari mumkin. 5 may kuni ishga tushishi rejalashtirilgan ushbu tarmoq Radiant Mobile virtual operatori tomonidan boshqariladi.

Kompaniya T-Mobile kabi yirik provayderlarning texnik quvvatlaridan ijara asosida foydalanadi va xizmatlarni muayyan guruhlarga taqdim etadi. Radiant Mobile asoschisi Pol Fisherning so'zlariga ko'ra, loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad pornografiya va LGBT mavzularidan xoli bo'lgan axborot muhitini shakllantirishdir.

T-Mobile vakillari ushbu cheklovlar kompaniya ichki qoidalariga qanchalik mos kelishi borasida hozircha rasmiy munosabat bildirmadi. Fisher loyihani keng targ'ib qilish maqsadida ko'plab xristian arboblari va minglab cherkovlar bilan hamkorlik o'rnatgan.

Shuningdek, mijozlar uchun 30 dollarlik oylik to'lovning bir qismini xayriya sifatida cherkovlarga yo'naltirish imkoniyati yaratiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish