Amsterdamda go'sht va yoqilg'i reklamasi butunlay taqiqlandi

Bekzod Nazarov2 daqiqalik o'qish

Amsterdamda go'sht va yoqilg'i reklamasi butunlay taqiqlandiAmsterdamda go'sht va yoqilg'i reklamasi taqiqlandi

Niderlandiya poytaxti Amsterdam ekologik siyosat doirasida go'sht mahsulotlari va qazib olinadigan yoqilg'iga oid tashqi reklamalarni butunlay chekladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

1-maydan boshlab shahar ko'chalaridagi billbordlar, jamoat transporti bekatlari va metro hududlaridan burgerlar, benzinli avtomobillar hamda aviaparvozlar tasvirlangan targ'ibot materiallari olib tashlandi. Ilgari gavjum joylarda tovuq go'shti mahsulotlari, yo'ltanlamas mashinalar va arzon aviaqatnovlar reklamasi ustunlik qilgan bo'lsa, endilikda ularning o'rnini madaniy tadbirlar va muzeylar ekspozitsiyalari egallashi kutilmoqda.

Mahalliy hukumat ushbu qarorni shaharni ekologik barqarorlik maqsadlariga yaqinlashtirish vositasi sifatida baholadi. Amsterdam ma'muriyati 2050-yilga qadar uglerod chiqindilarini nol darajaga tushirish va aholi o'rtasida go'sht iste'molini sezilarli darajada kamaytirishni rejalashtirgan.

Mutaxassislar tahliliga ko'ra, mazkur taqiq nafaqat reklama bozoriga, balki fuqarolarning kundalik iste'mol tanlovlariga ham bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shu orqali atrof-muhitga zarar yetkazuvchi mahsulotlarga bo'lgan talabni jilovlash ko'zda tutilgan.

Ma'lum qilinishicha, go'sht reklamasi umumiy bozorning kichik qismini tashkil etgan bo'lsa-da, yoqilg'i va transport sohasiga oid targ'ibotlar salmoqli ulushga ega edi. Endilikda barcha ushbu yo'nalishlar ekologik cheklovlar doirasiga kiritildi.

Hozirda Yevropa Ittifoqi davlatlarida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va tabiatni muhofaza qilish maqsadida shunga o'xshash choralar keng joriy etilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish