Shakira konsertida muxlislar Jerar Pikega qarshi shiorlar hayqirdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Shakira konsertida muxlislar Jerar Pikega qarshi shiorlar hayqirdiRio-de-Janeyroda Shakira ishtirokida o'tkazilgan bepul konsert ikki millionga yaqin tomoshabinni jamladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

"Dzen" nashri ma'lumotlariga ko'ra, mazkur tadbir keng jamoatchilik e'tiborini tortgan. Xonanda sahnadagi chiqishi davomida shaxsiy hayoti va Braziliyadagi yolg'iz onalar mavzusiga to'xtalib, ularning oilasi farovonligi yo'lidagi mehnatini alohida e'tirof etgan.

San'atkor o'zini ham farzandlarini yolg'iz tarbiyalayotgan ayollar qatorida ekanini ta'kidlagan. Ushbu nutqdan so'ng muxlislar Shakiraning sobiq turmush o'rtog'i Jerar Pike manziliga turli norozilik shiorlarini hayqirgan.

Ma'lumot o'rnida, Shakira va Pike o'rtasidagi munosabatlar 2010 yilda boshlangan bo'lib, juftlikning 2012 yilda Milan va 2014 yilda Sasha ismli farzandlari dunyoga kelgan. 2022 yilga kelib, xonanda futbolchini xiyonatda aybladi va ular rasman ajrashdi.

Shundan so'ng Shakira o'z ijodida sobiq qaylig'i va uning yangi munosabatlarini tanqid ostiga olgan taronasini taqdim etdi. Ayni paytda xonanda farzandlari bilan birga Mayamida istiqomat qiladi.

Jerar Pike professional faoliyatini "Manchester Yunayted" klubida boshlagan va "Real Saragosa" jamoasida ijara asosida to'p surgan. 2008 yildan boshlab u "Barselona" safida maydonga tushdi va 2022 yilda aynan shu klubda faoliyatini yakunladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish