
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu yana Madridning "Real Madrid" klubini boshqarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi. Ma'lum qilinishicha, Mourinyu Madrid klubiga qaytish g'oyasiga ijobiy munosabatda.
Ayni damda murabbiy bor e'tiborini Portugaliyaning "Benfika" klubidagi faoliyatiga qaratgan bo'lsa-da, Madriddan bo'ladigan taklif vaziyatni butunlay o'zgartirishi mumkin. Manbaga ko'ra, murabbiyning "Benfika" bilan shartnomasida alohida band mavjud.
Unga ko'ra, Mourinyu mavsumning so'nggi o'yinidan keyin 10 kun davomida klubni tekinga tark etish huquqiga ega. Agar "Real Madrid" rahbariyati ushbu muddatdan kechroq murojaat qilsa ham, bu katta muammo tug'dirmaydi, chunki shartnomani bekor qilish uchun to'lanadigan tovon puli ramziy miqdorni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu 2010–2013-yillar davomida "Real Madrid" bosh murabbiyligida faoliyat yuritgan. Uning qo'l ostida "qaymoqranglilar" 2011/2012-yilgi mavsumda Ispaniya chempionatida 121 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.
Ushbu rekord ko'rsatkich bugungi kunga qadar yangilanmay kelmoqda.