Italiyaning sobiq futbolchisi Tonetto Uber haydovchisiga aylandi

0
Italiyaning sobiq futbolchisi Tonetto Uber haydovchisiga aylandi
Italiyaning «Roma» klubi va mamlakat milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Maks Tonetto sportdagi faoliyatini yakunlagach, tadbirkorlik sohasida o'zini sinab ko'rishga qaror qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

La Repubblica nashrining xabar berishicha, sobiq futbolchi xususiy transport xizmatlari ko'rsatish biznesiga qiziqish bildirmoqda. Ma'lum qilinishicha, Tonetto haydovchi bilan avtomobillarni ijaraga berishga ixtisoslashgan shaxsiy kompaniyasiga asos solgan.

Italiya qonunchiligiga ko'ra, ushbu sohada faoliyat yuritish uchun nafaqat tegishli litsenziyalarni rasmiylashtirish, balki amaliy haydovchilik bo'yicha ma'lum miqdordagi soatlarni ham tasdiqlash talab etiladi. Belgilangan talablarga to'liq javob berish maqsadida sobiq futbolchi Uber xizmatida haydovchi bo'lib ishlashga qaror qildi.

Tonetto ushbu bosqichni o'ziga xos tajriba va tayyorgarlik deb hisoblamoqda. Uning so'zlariga ko'ra, ushbu amaliyot kelajakda transport biznesini professional darajada boshqarish uchun zaruriy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.

Sportchi futbol maydonidagi intizomni endilikda biznes sohasiga ko'chirish niyatida.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari