Gabonda amerikalik millioner fillar hujumi oqibatida halok bo'ldi

0
Gabonda amerikalik millioner fillar hujumi oqibatida halok bo'ldiGabonda amerikalik millioner fillar hujumi oqibatida vafot etdi Gabon o'rmonlarida ov qilish vaqtida 75 yoshli AQSh fuqarosi, millioner Erni Dozio fillar hujumiga uchrab, hayotdan ko'z yumdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Daily Mail nashri ma'lumot berdi. Tadbirkor tropik hududda professional ovchi hamrohligida harakatlanayotgan vaqtida yonida bolalari bo'lgan beshta urg'ochi fildan iborat to'daga duch kelgan.

Yovvoyi hayvonlar odamlarni o'z to'dasi uchun xavf deb bilib, hujum boshlagan. Hodisa oqibatida Dozioning sherigi yiqilib, jiddiy jarohat olgan va qurolini yo'qotgan.

Millionerning o'zi qurollangan bo'lishiga qaramay, himoyalanishga ulgurmagan va hayvonlar oyog'i ostida qolib, halok bo'lgan. Hozirgi vaqtda AQShning Gabondagi elchixonasi marhumning jasadini Kaliforniyaga yetkazish choralarini ko'rmoqda.

Mutaxassislarning tushuntirishicha, fillar odatda odamlarga hujum qilmaydi, biroq zich o'rmonlarda kutilmagan to'qnashuvlar yuz berganda, ayniqsa bolalarini himoya qilish maqsadida tajovuzkorlik ko'rsatishi mumkin. Shuningdek, Associated Press agentligi Alyaskada yuz bergan boshqa bir holat haqida xabar berdi.

16-aprel kuni o'quv poligonidagi mashg'ulotlar davomida ikki nafar AQSh harbiysi ayiq hujumiga uchragan. Askarlar yovvoyi hayvondan himoyalanish uchun qalampir spreyidan foydalangan va natijada turli darajadagi jarohatlar olgan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari