G'azo bolalari kuchli stress oqibatida gapirish qobiliyatini yo'qotmoqda

0
G'azo bolalari kuchli stress oqibatida gapirish qobiliyatini yo'qotmoqdaG'azo sektoridagi qurolli to'qnashuvlar bolalar ruhiyatiga keskin salbiy ta'sir ko'rsatmoqda G'azoda davom etayotgan jangovar harakatlar nafaqat infratuzilmani vayron qilmoqda, balki voyaga yetmaganlar o'rtasida og'ir ruhiy kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

"Al Jazeera" nashrining xabar berishicha, hududda ko'plab bolalar kuchli stress oqibatida gapirish qobiliyatidan mahrum bo'lmoqda. Masalan, besh yoshli Jad Zohud o'z uyi yaqinidagi kuchli portlashdan so'ng nutq so'zlashni to'xtatgan.

Shifokorlar bunday holatlar soni muntazam ortib borayotganini qayd etmoqda. Mutaxassislarning tushuntirishicha, nutq yo'qolishi ikki xil omil bilan bog'liq.

Ayrim bolalar portlash to'lqini yoki bosh miya jarohati kabi jismoniy shikastlanishlar tufayli gapira olmayotgan bo'lsa, boshqalarida bu holat og'ir psixologik zarba natijasida yuzaga kelmoqda. "Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti bilan hamkorlik qilgan psixoterapevt Katrin Brubakk buni "muzlash" holati deb atadi.

Uning so'zlariga ko'ra, organizm haddan tashqari yuqori xavfga duch kelganda, himoya reaksiyasi sifatida nutq funksiyasini vaqtincha bloklab qo'yishi mumkin. G'azo shahridagi tibbiyot xodimlari orasida ham xavotirlar kuchaymoqda.

Shifokor Muso al-Xorti bolalarda stress tufayli ovoz chiqmasligi, ya'ni selektiv mutizm yoki isterik afoniya holatlari ko'p kuzatilayotganini tasdiqladi. To'rt yoshli Lusin Tambura ham aviazarba vaqtida balandlikdan yiqilib, nutqiy muammolarga duch kelgan.

Hozirda uning ahvoli biroz yaxshilangan bo'lsa-da, nutqi to'liq tiklangani yo'q. Psixologlarning ogohlantirishicha, doimiy "xavf rejimi"da yashash bolaning kelajakdagi rivojlanishi va ta'lim olish qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazadi.

Nutqni tiklash uchun maxsus o'yinlar va mashqlar talab etiladi, biroq eng muhim shart — xavfsiz muhitning mavjudligidir. G'azodagi hozirgi vaziyatda esa bunday sharoitni yaratish imkonsiz bo'lib qolmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari