G‘azoda 300 juftlik ishtirokida yirik ommaviy to‘y o‘tkazildi

0
G‘azoda 300 juftlik ishtirokida yirik ommaviy to‘y o‘tkazildiG'azoda 300 juftlik ishtirokida yirik ommaviy nikoh marosimi o'tkazildi 24-aprel kuni G'azo sektori markazida 300 juftlik uchun keng ko'lamli jamoaviy to'y marosimi tashkil etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Al Jazeera nashrining xabar berishicha, mazkur tadbir Birlashgan Arab Amirliklari ko'magida amalga oshirilgan. Ushbu marosim hudud tarixidagi eng yirik to'y tantanalaridan biri sifatida qayd etildi.

Unda oila a'zolari, jamoat faollari hamda mahalliy va xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat 20 mingga yaqin mehmon ishtirok etdi. Mazkur xayriya tadbiri BAA tomonidan yo'lga qo'yilgan «Gallant Knight 3» insonparvarlik operatsiyasi hamda «Joy Dress 2» shiori ostidagi loyiha doirasida o'tkazildi.

Tashabbusdan ko'zlangan asosiy maqsad iqtisodiy qiyinchiliklar sababli oila qura olmayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularga ijtimoiy ko'mak berishdan iborat. Loyiha uchun nomzodlar minglab talabgorlar orasidan maxsus mezonlar asosida saralab olindi.

Tanlov jarayonida ilgari nikohdan o'tmagan, moddiy daromadi past bo'lgan va ijtimoiy yordamga muhtoj G'azo aholisiga ustuvorlik berildi. Tashkilotchilar nafaqat tantanali marosimni o'tkazib berdi, balki yangi oilalarga moddiy va moliyaviy yordam ham taqdim etdi.

Xususan, juftliklarning to'y xarajatlari qoplandi va ularga ro'zg'or uchun zaruriy jihozlar yetkazib berildi. Bayram tadbiri milliy va diniy an'analar asosida tashkil etildi.

Marosimda Qur'on tilovat qilinib, nikohlar rasmiylashtirildi. Shuningdek, tadbir davomida Falastin xalqining milliy «dabke» raqslari ijro etildi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari