Malayziyada xotirasini yo'qotgan ayol uchun qayta to'y marosimi o'tkazildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Malayziyada xotirasini yo'qotgan ayol uchun qayta to'y marosimi o'tkazildiMalayziyada sakkiz yil avval xotirasini yo'qotgan ayol uchun turmush o'rtog'i takroriy nikoh marosimini o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mothership nashri xabariga ko'ra, ayol avtohalokat oqibatida komaga tushgan va hushiga kelgach, oila a'zolarini tanimay qolgan. Xotira yo'qolishi natijasida u turmush o'rtog'i va farzandlarini eslay olmagan, hatto kundalik hayotiy ko'nikmalarni boshidan o'rganishga majbur bo'lgan.

Erkak ushbu davrni hayotidagi eng murakkab sinov deb atadi. Ayniqsa, farzandlarining yosh bo'lgani vaziyatni yanada og'irlashtirgan.

Biroq u rafiqasiga g'amxo'rlik qilishni to'xtatmay, oilaviy munosabatlarni yangidan shakllantirishga harakat qilgan. Sakkiz yillik sabr-toqatdan so'ng tashkil etilgan to'y marosimi oilaviy davrada, samimiy ruhda bo'lib o'tdi.

An'anaviy liboslarda o'tkazilgan tadbirda farzandlar va fotograf ishtirok etdi. Marosim davomida juftlik nikoh uzuklarini qayta almashdi.

Ayol turmush o'rtog'ining ko'p yillik fidoyiligi va qo'llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu voqeani oilaviy sadoqat va mustahkam iroda namunasi sifatida keng muhokama qilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish