
Turmush o'rtog'i bilan o'xshashlikni ta'minlash maqsadida yuziga plastik jarrohlik amaliyotlari qildirgan ayol ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama uyg'otmoqda. Gunpirom Visadsing va Ruslan Mamlay birinchi ko'rishidayoq, tashqi ko'rinishdan ko'ra ichki qadriyatlar, ya'ni samimiyat va xulq-atvor muhimroq degan qarorga kelishgan va 2025 yil dekabr oyida oila qurishgan. Biroq, vaqt o'tishi bilan ayol onlayn platformalardagi tanqidiy izohlar va taqqoslashlarga duch keladi.
Ayrim internet foydalanuvchilari ularning tashqi ko'rinishlari bir-biriga mos kelmasligini bildirgan. Bu holat ayolning o'ziga bo'lgan ishonchini pasaytirdi va u o'zini yaxshiroq his qilish uchun yuziga jarrohlik amaliyotlari qilishga qaror qildi. Uning bu qadamiga ijtimoiy tarmoqlarda turli xil fikrlar bildirilyapti.
Xorijiy OAV xabariga ko'ra, ayol o'zining bu harakatini o'ziga bo'lgan ishonchini mustahkamlash va o'zini yanada baxtli his qilishga intilishi bilan izohlagan. Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, turli bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda. Ko'pchilik bu holatni shaxsiy tanlov sifatida baholasa-da, ayrimlar esa bu qarorni tanqid qilmoqda.