Turmush o'rtog'i uchun plastik operatsiya qildirgan ayol muhokamalarga sabab bo'ldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Turmush o'rtog'i uchun plastik operatsiya qildirgan ayol muhokamalarga sabab bo'ldiTashqi ko'rinishi sababli tanqidlarga uchragan ayol plastik jarrohlik amaliyotini o'tkazdi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turmush o'rtog'iga munosib ko'rinish maqsadida yuz qiyofasini o'zgartirgan ayolning qarorini keng muhokama qilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Gunpirom Visadsing va Ruslan Mamlay 2025 yilning dekabr oyida nikohdan o'tgan edi. Juftlik ilk uchrashuvdayoq insonning ichki dunyosi, samimiyati va fe'l-atvori tashqi ko'rinishdan ustun ekanini ta'kidlab, oila qurishga qaror qilgan.

Biroq vaqt o'tishi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan bildirilgan salbiy fikrlar va doimiy taqqoslashlar ayolning ruhiyatiga ta'sir ko'rsatgan. Internet tarmog'ida ko'plab kishilar ushbu juftlikni tashqi jihatdan bir-biriga mos emas deb hisoblagan.

Bunday bosimlar natijasida Visadsing o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarish va ruhiy xotirjamlikka erishish uchun jarrohlik stoliga yotishga qaror qildi. Hozirda uning tashqi qiyofasidagi o'zgarishlar jamoatchilik e'tiborida qolmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish