Yaponiya harbiy poligonida tank portlashi oqibatida 3 harbiy xizmatchi halok bo'ldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Yaponiya harbiy poligonida tank portlashi oqibatida 3 harbiy xizmatchi halok bo'ldi
Yaponiya janubi-g'arbiy qismidagi harbiy poligonida sodir bo'lgan portlash oqibatida uch nafar harbiy xizmatchi halok bo'ldi, yana biri yaralandi. Xorijiy OAV xabariga ko'ra, voqea 21 aprel kuni Oita prefekturasidagi Xijuday poligonida tank mashg'ulotlari davomida yuz berdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, tank snaryadini yuklash paytida kutilmaganda portlash sodir bo'lgan.

Halok bo'lganlar orasida 30 va 40 yoshlar oralig'idagi harbiylar borligi aniqlangan. Ulardan ikkitasi tank komandiri va to'pchi vazifasini bajarayotgan, qolgan biri esa xavfsizlikni ta'minlash va haydovchi sifatida ishtirok etgan. Yaponiya Mudofaa vaziri Sindziro Koidzumi bu hodisani juda og'ir deb baholadi va portlash sabablarini aniqlash uchun tergov olib borilayotganini ma'lum qildi.

Vazirning ta'kidlashicha, bunday fojealar takrorlanmasligi uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirishga e'tibor qaratiladi. Yaralangan harbiy xizmatchi sog'lig'i yaxshilanayotganini, ammo uning yuz qismida kuyishlar borligini favqulodda xizmatlar xabar qildi.

Mutaxassislar portlash sababi texnik nosozlik yoki ishlatilgan o'q-dorilarning sifatsizligi bilan bog'liq bo'lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Hozirda aniq sababni aniqlash maqsadida tergov ishlari davom etmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish