
Fransiya chempionatining 31-turi doirasida «Monako» jamoasi safarda «Tuluza» mehmoni bo‘ladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Mazkur uchrashuv oldidan monakoliklar murabbiylar shtabi bo‘lajak o‘yin uchun jamoa qaydnomasini shakllantirdi. Klub matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 22 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatga rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin ham kiritilgan.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Golovin Fransiya birinchiligining joriy mavsumida jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Yarim himoyachi ushbu bahslarda o‘z hisobiga 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
«Tuluza» va «Monako» jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik 25-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 00:05 ga (26-aprelga o‘tar kechasi) to‘g‘ri keladi.
Hozirda jamoalar turnir jadvalida yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda. Murabbiylar shtabi mazkur safar o‘yinida asosiy e’tiborni hujumkorlikka qaratishni rejalashtirgan.