Abdukodir Husanov ota-onasi uchun 330 ming dollarga villa sotib oldi

0
Abdukodir Husanov ota-onasi uchun 330 ming dollarga villa sotib oldiAbduqodir Husanov ota-onasi uchun 330 ming dollarga villa sotib oldi O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda "Man Siti" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov aprel oyida Toshkentga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Futbolchi jahon chempionati saralash bosqichi uchrashuvlarida qatnashish bilan birga, oilaviy masalalarga ham vaqt ajratdi. Ma'lum bo'lishicha, Husanov ota-onasi uchun qimmatbaho ko'chmas mulk xarid qilgan.

Sportchi Imarat Development kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan Imarat Hills majmuasidan 330 ming AQSh dollari qiymatiga ega zamonaviy villani tanladi. Kompaniya asoschisi Marot Xayrullayevichning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, futbolchi sotuv ofisiga shaxsan tashrif buyurgan va loyiha bilan yaqindan tanishib, yakuniy qarorga kelgan.

Husanov so'nggi yillarda o'zbek futbolining eng muvaffaqiyatli vakillaridan biriga aylandi. U Angliya premyer ligasining yetakchi jamoasi safida barqaror o'yin ko'rsatib kelmoqda.

Xususan, himoyachi fevral va mart oylari yakuniga ko'ra "Man Siti"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Kutilishicha, u 2026 yil AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan jahon chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy kuchi bo'ladi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Madaniyat yangiliklari