
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abduqodir Husanov aprel oyida vatanga qaytgan edi. Uning asosiy maqsadi jahon chempionati saralash bosqichidagi o'yinlarda ishtirok etish edi. Bu safar davomida futbolchi ota-onasi uchun qimmatbaho sovg'a xarid qilgani ma'lum bo'ldi.
Abduqodir Husanov Imarat Hills loyihasidan 330 ming AQSh dollari narxidagi zamonaviy villani ota-onalariga sovg'a qilgan. Loyiha asoschisi bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilgan. Futbolchi shaxsan sotuv ofisiga borib, majmuani ko'rib chiqqan va o'z tanlovini ushbu villaga qaratar ekan.
So'nggi yillarda Abduqodir Husanov O'zbekiston futbolida muhim yutuqlarga erishgan futbolchilardan biri hisoblanadi. U Yevropada muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatib, hozirda Angliyaning mashhur “Manchester Siti” klubida o'ynamoqda. 2026 yilda AQShda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida milliy terma jamoa tarkibida ishtirok etishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Abduqodir Husanov “Manchester Siti” klubida fevral-mart oylarining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu uning professional faoliyatidagi yana bir muhim yutug'i bo'ldi.