«Bavariya» futbolchisi Olis farzandini tashlab ketganlikda ayblandi

0
«Bavariya» futbolchisi Olis farzandini tashlab ketganlikda ayblandi
Germaniyada «Bavariya» klubi va Fransiya terma jamoasi a’zosi Maykl Olis bilan bog‘liq shov-shuvli voqea yuzaga keldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Fatima Zahra ismli ayol ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z farzandining otasi aynan ushbu futbolchi ekanini da’vo qilib chiqdi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, angliyalik futbolchi uni chaqaloq bilan tashlab ketgan va hozirda qiziga hech qanday g‘amxo‘rlik ko‘rsatmayapti.

«Maykl Olis — qizimning otasi. Afsuski, u bizni uyaltirib qo‘ydi.

Mana bir necha oydirki, kichkintoy bilan yolg‘iz qoldik», — deb yozadi Zahra o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Hozircha futbolchining o‘zi ushbu ayblovlarga nisbatan hech qanday rasmiy munosabat bildirmadi.

Ma’lumot uchun, Olisning myunxenliklar bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar imzolangan. «Transfermarkt» portali 22 yoshli yarim himoyachining bozor qiymatini 140 mln yevroga baholagan.

Maykl Olis joriy mavsumda Bundesligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda futbolchi Germaniya chempionatining eng samarali o‘yinchilaridan biri bo‘lib turibdi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari